Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini o‘rganish maqsadida keng ko‘lamli tahlil ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tahlillar doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati quyidagi xizmat turlari bo‘yicha o‘rganildi:
🔘maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish;
🔘temir yo‘llarda tashish;
🔘neft-gaz sohasida tahlil, nazorat, sinov va sifatni baholash;
🔘suyultirilgan gazni saqlash;
🔘issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish.
Olib borilgan tahlillar natijasida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, Raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli buyruqlar bilan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zlariga biriktirilgan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etdi.
Jumladan:
Samarqand viloyati — Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari:
🔘“GOLD MARJONABEGIM” MChJ
🔘“SHOXIMARDON ASQAROV” OK
🔘“MANSURBEK QO‘RG‘ON BIZNES” MChJ
🔘“KATTAQO‘RG‘ON OBOD SERVIS” MChJ
🔘“IKROM NASRULLAEV” MChJ
Qashqadaryo viloyati — Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari:
🔘“QASHQADARYO EKO TRANS” MChJ
🔘“BI-SAY” MChJ
🔘“BINOKOR AZIZBEK EKO” MChJ
🔘“BEKNUR STROY SAVDO” IChK
🔘“QAMAY QORASUV ECOS” MChJ
🔘“EKO-HAYOT” MChJ
🔘“NURISTON TOZLASH” MChJ
🔘“KOSON STROY STANDART SERVIS” MChJ
🔘“INTIZOR OYBEKOVNA” MChJ
🔘“CHIMYON EXPRESS” MChJ
🔘“KASBI EKO-HAYOT” MChJ
🔘“ILG‘OR VOHA” FX
🔘“SOLITARY GARDEN” MChJ
Jizzax viloyati — Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari:
🔘“TOZA-EKO HUDUD” MChJ
🔘“JIZZAX VILOYATI TOZA HUDUD” UK
🔘“EKO SFERA” MChJ
🔘“AYDAR EKO SFERA” MChJ
🔘“PAXTAKOR EKO SFERA” MChJ
🔘“FORISH-EKOSFERA” MChJ
🔘“YANGIOBOD EKO SFERA GROUP” MChJ
🔘“G‘ALLAOROL EKO SFERA” MChJ
🔘“EKO HOUSE” MChJ
Navoiy viloyati — Temir yo‘ldan foydalanish va tashish xizmatlari:
🔘 “NAVOIY TEMIR YO‘L TRANSPORTI” MChJ
Buxoro viloyati — Neft-gaz sohasida tahlil, nazorat, sinov va sifatni baholash va suyultirilgan gazni saqlash xizmatlari:
🔘“NEFTGAZTADQIQOT” AJ
🔘“BUXORO GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI” UK
Toshkent viloyati — Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish xizmatlari:
🔘 “OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI” AJ
Ma’lumot uchun: “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb ye’tirof etiladi.