Joriy yil 6-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, Energetika vazirligi hamda O‘zenergoinspeksiya bilan birgalikda suyultirilgan gaz savdolari bo‘yicha birja ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi.
Unda suyultirilgan gaz mahsulotining birja savdolariga qo‘yilishi hamda realizatsiyasi shuningdek, xaridorlarga yetkazib berish holatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar belgilangan tartibda instansiyaga kiritiladi.