Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan gaz ta’minotiga oid (iste’molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning sifatsizligi, suyultirilgan gazni muddatida yetkazilmaslik, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun asossiz qarzdorlik hisoblash, tabiiy gaz hisoblagich uskunasini o‘rnatish va davlat qiyoslovidan o‘tkazish) 1500 ga yaqin e’tirozli murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, Qo‘mita ushbu yo‘nalishda respublikaning hududlar kesimida iste’molchilarning qonuniy huquq manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
Jumladan,
Jizzax viloyati misolida
Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga gaz ta’minoti bo‘yicha kelgan murojaatlardan biri “YUG SEVER STROY” MChJga tegishli bo‘ldi.
O‘rganishlar jarayonida “ZARBDORTUMANGAZ” gaz ta’minoti filiali tomonidan mazkur MChJga 121 757 550 so‘m miqdoridagi asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.
Natijada Maxsus komissiya tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, “HUDUDGAZTA’MINOTI” AJ va “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz ta’minoti filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, murojaatda keltirilgan 121 757 550 so‘m mablag‘ni to‘liq “YUG SEVER STROY” MChJning foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Buxoro viloyati misolida
Fuqaro A.T. hududiy boshqarmaga murojaat yuborib, o‘zi istiqomat qilayotgan uyda gaz hisoblagich ishlamayotgani, bu haqda xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga murojaat qilgani, shunga qaramasdan 18,7 mln so‘m hisoblanayotgani, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.
Hududiy boshqarmaning olib borilgan o‘rganish natijasida “BUXORO SHAHAR GAZ” gaz ta’minoti filiali tomonidan fuqaroga hisoblagichi nosozligi haqida dalolatnoma tuzilgan, asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, uning foydalangan gazga to‘lovi 1,8 mln so‘m hisoblanib, ortiqcha 16,9 so‘m asossizligi sababli iste’molchining hisob varag‘idan chiqarildi.