Qo‘mitaga “O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi” DUKning xati bilan yo‘llangan “Management Certification” MChJning murojaati kelib tushgan. Murojaatda “Total Quality Service” XK tomonidan bir qancha korxonalarga “Management Certification” MChJ qo‘pol ravishda xatoga yo‘l =qo‘yganligi sababli, “O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan “Management Certification” MChJning hozirgi kunda faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risida yolg‘on xabar tarqatilayotganligi, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va “Management Certification” MChJning ishchanlik obro‘siga putur yetkazayotganligi to‘g‘risida ma’lum qilingan.
Hujjatlar va ma’lumotlar o‘rganilib chiqilganda “Total Quality Service” XK harakatida “Management Certification” MChJga nisbatan insofsiz raqobat alomatlari mavjudligi aniqlangan hamda Qo‘mita tomonidan “Total Quality Service” XKga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 21 moddasiga asosan (eski tahrirdagi 13-moddasiga asosan) insofsiz raqobatni taqiqlash talablariga ko‘ra ish qo‘zg‘atilgan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Total Quality Service” XKga bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining buzilishini korxona tomonidan bir nechta tashkilotlarga yuborilgan xatga raddiya berish va bu haqda ushbu tashkilotlarni xabardor qilish orqali bartaraf etilishi yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Qo‘mita qaroridan norozi bo‘lib “Total Quality Service” XK tomonidan sudga bir necha marotaba shikoyat qilinganligiga qaramasdan, insofsiz raqobat alomatlari mavjudligi o‘z isbotini topdi va adolat ta’minlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qo‘mita ko‘rsatmasi ijrosi “Total Quality Service” XK tomonidan ta’minlanganligi, korxona yuborgan xatlariga raddiya berganligi ma’lum qilinib “Management Certification” MChJ manfaatlari Raqobat qo‘mitasi tomonidan himoya qilindi.