Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ichki audit xizmatining 2025-yil faoliyati natijalari bo‘yicha
YILLIK HISOBOTI
- Umumiy ma’lumotlar.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi 3 ta shtat birligi (1 ta bo‘lim boshlig‘i va 2 ta bosh mutaxassis) dan iborat bo‘lib, ushbu lavozimlardan 1 tasi ichki audit yo‘nalishida faoliyat yurituvchi (ichki audit bo‘yicha milliy malaka sertifikatiga ega) bosh mutaxassis hisoblanadi. Shuningdek, Qo‘mitada 17 ta tizim tashkilotlari mavjud.
- Ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining hisobot davrida rejalashtirilgan qismining bajarilishi holati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-son buyrug‘iga bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan2022 yil 27 dekabrda 3406-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish Qo‘llanmasi”ga hamda Vazirlikning 2022-yil 3-oktyabrdagi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki audit milliy standartlari”ga asosan ichki audit ob’ektlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarida ichki audit tadbirlari o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Shunga ko‘ra, ichki audit tadbirlari reja grafigi ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan. Mazkur grafik asosida 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarida ichki audit tadbirlari o‘tkazildi, grafikda belgilangan tadbirlar to‘liq bajarilishi ta’minlandi.
Mazkur o‘tkazilgan Ichki audit tadbirlari davomida asosan ichki audit ob’ektidagi buxgalteriya hisobining yuritilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning hisoblanishi va to‘lanishi, shuningdek xizmat safari xarajatlarining to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan jami 57 holatda 36,7 mln. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, 6 holatda 24,1 mln. so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olinishiga erishildi.
Hisobot davrida Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida rejadan tashqari ichki audit tadbiri o‘tkazildi va 1 holatda 4,1 mln. so‘mlik moliyaviy xato kamchiliklar aniqlanib, ushbu noqonuniy xarajatlar belgilangan tartibda ichki audit ob’ektlarining tegishli shaxsiy hisob raqamlariga undirildi.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan masofaviy audit tadbirlari natijasida Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida 1 holatda chet elga chiqib ketgan xodimga 0,2 mln. so‘m, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida 3 holatda 5,2 mln. so‘m, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida 1 holatda 4,1 mln. so‘m jami 9,6 mln. so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar ortiqcha hisoblanib, ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilganligi aniqlandi va ushbu noqonuniy xarajatlar belgilangan tartibda ichki audit ob’ektlarining tegishli shaxsiy hisob raqamlariga undirildi.
Ushbu aniqlangan moliyaviy xato kamchiliklarning yuzaga kelishining asosiy sababi ichki audit ob’ekti bosh hisobchisining buxgalteriya hisobining yuritilishi, mehnatga haq to‘lanishi hamda xizmat safari xarajatlarining to‘lanishi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘rganib chiqmaganligi, shuningdek oxirgi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishmaganligi oqibatida yuqoridagi moliyaviy xato kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
- Hisobot davrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hisobot davrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari mavjud emas.
- Ichki audit ob’ektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2025-yil Ichki audit yillik rejasiga va rejadan tashqari o‘tkazilgan ichki audit tadbiriga muvofiq, 2025-yil davomida ichki audit tadbirlari natijasida berilgan 45 ta taklif va tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan ichki audit ob’ektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, shundan 2 ta taklif va tavsiyalar hisobot davrida bajarilmadi.
Ichki audit ob’ektlarida asosan xizmat safariga yuborilgan xodimlarning namunaviy ish rejalarini, ro‘yxatga olish maxsus jurnallarining yuritilishni, xizmat safari yakunlari bo‘yicha yakuniy hisobotlarni rasmiylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-avgustdagi 424-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
- Hisob palatasining «Masofaviy nazorat» AAT orqali kelib tushgan xavf tahlillari.
Hisobot davrida Hisob palatasining “Masofaviy nazorat” AAT orqali “Byudjet tashkilotlarida ishlovchilarning 4 va undan ortiq daromad manbaiga ega fuqarolar” yo‘nalishida 3 holatda 58,4 mln. so‘m, “Affillanganlik tahlili (Uzex AI)” yo‘nalishida 41 holatda 12 789,9 mln. so‘m, “Affillanganlik tahlili” yo‘nalishida 1 holatda 83 mln. so‘m, “Debitor qarzdorliklar” yo‘nalishida 6 holatda 15,3 mln. so‘m, “Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqisini UzASBO va Soliq organlari ma’lumotlari bazasini o‘zaro solishtirish” yo‘nalishida 88 holatda 39,2 mln. so‘m jami 139 holatda 12 985,7 mln. so‘m moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olingan.
- Davlat organi va tashkiloti tizimidagi byudjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobyudjet muassasa va tashkilotlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarning monitoringi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati «BUSINESS AUDIT TODAY» MCHJ tomonidan 2025-yil iyun oyida tashqi auditdan o‘tkazilishi boshlangan, hisobot davrida audit tadbiri yakunlanmaganligi sababli nazorat ishi davomida aniqlangan moliyaviy kamchiliklar summasi ko‘rsatilmadi.
- Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari.
Hisobot davri yakuni bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Ichki audit xizmati xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash natijasi yuzasidan yig‘ma ko‘rsatkich 99 % ni (“a’lo”) tashkil etdi. Jumladan: Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalari 30 %, Masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalar 30%, Ichki audit yillik rejasida xodim mas’ul bo‘lgan ichki audit tadbirlarining o‘tkazilishi 20%, Berilgan taklif va tavsiyalarning ijrosi 19 % ni tashkil etdi.

