Joriy yil 6-iyul kuni “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida «Monopoliyaga qarshi ekspertlar(yuristlar) assotsiatsiyasini tuzish yuzasidan» kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuvni imzolashdan ko‘zlangan maqsad:
– monopoliyaga qarshi ekspertlar (yuristlar) Assotsiatsiyasini tuzish;
– monopoliyaga qarshi qonunchilik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarini (qonunchilikni) qo‘llashning samarali amaliyotini shakllantirish;
– raqobatni himoya qilish va rivojlantirish sohasida samarali davlat siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;
– tadbirkorlik subyektlari, ekspertlar hamjamiyati va qo‘mita o‘rtasida muloqot o‘tkazishga ko‘maklashish;
– raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo’yicha normalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
– raqobatni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarida jahon tajribasini tahlil qilish va ulardan foydalanish;
– hamkorlikni boshqa yo’nalishlari.