20 DAN ORTIQ TIJORAT BANKI VA MIKROMOLIYA TASHKILOTIGA NISBATAN REKLAMA QONUNCHILIGI TALABLARINI BUZGANI UCHUN MOLIYAVIY JARIMALAR QOʻLLANILDI
Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Olib borilgan monitoring va tahlillar natijasida ommaviy axborot vositalari, internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda qonunchilik talablariga zid, isteʼmolchilarni chalgʻituvchi yoki notoʻgʻri axborotni oʻz ichiga olgan reklamalarni joylashtirish holatlari hamon uchrab turgani aniqlandi. Bunday qonunbuzilishlarning…


