Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi
“Ayvoni Sadr” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi. Ushbu nufuzli mukofot koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarning munosib eʼtirofi hamda Oʻzbekiston xalqiga doʻstona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi. Oʻzbekiston – Pokiston strategik…





