O‘zbekiston Prezidenti Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy doktori va professori bo‘ldi
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bosh vazir Shahboz Sharif davlatimiz rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi. Ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro…





