«Ilmiy tadqiqot metodlari va ekonometrik tahlil» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Xalqaro Vestminster Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Qo‘mita xodimlari uchun «Ilmiy tadqiqot metodlari va ekonometrik tahlil» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur seminarning asosiy maqsadi xodimlarni zamonaviy ilmiy tadqiqot metodologiyasining yangicha yondashuvlari bilan tanishtirish, iqtisodiy tahlil va bozor monitoringida qo‘llaniladigan ekonometrik usullar bo‘yicha amaliy bilim…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan litsenziyaga ega bo‘lmagan holda xorijga ishga yuborish xizmatlarini reklama qilgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan litsenziyaga ega bo‘lmagan holda xorijga ishga yuborish xizmatlarini reklama qilgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi Raqobat qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamani amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. Olib borilgan o‘rganishlarda jami 3 ta «Crystalvisa Consulting»MCHJ, «Humo Group Central» MCHJ hamda “Compony B2B” MCHJlar tomonidan…

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Parlamenti Spikerini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekiston…

QO‘MITADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi izchil siyosatning navbatdagi amaliy ifodasi bo‘ldi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim muassasasi talabalari,OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. Qo‘mita mutaxassislari tomonidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga…

Noqonuniy o‘rnatilgan reklama vositalari egalariga tegishli choralar ko‘rildi

Noqonuniy o‘rnatilgan reklama vositalari egalariga tegishli choralar ko‘rildi Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida qonunbuzilish holatlarini aniqlab, ularga ta’sir choralari ko‘rib bormoqda. Hududlar kesimida misollar: Sirdaryo viloyati Hududiy boshqarma tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalarini) joylashtirilishi bo‘yicha olib borilgan monitoringlarda “Drink tasty” MCHJ o‘zboshimchalik bilan…

ISTE’MOLCHILARNING ENG KO‘P E’TIROZLARIGA SABAB BO‘LAYOTGAN NODAVLAT TA’LIM XIZMATLARI RO‘YXATI SHAKLLANTIRILDI

ISTE’MOLCHILARNING ENG KO‘P E’TIROZLARIGA SABAB BO‘LAYOTGAN NODAVLAT TA’LIM XIZMATLARI RO‘YXATI SHAKLLANTIRILDI Raqobat qo‘mitasi tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari sohasida iste’molchi murojaatlari bo‘yicha tizimli monitoring va tahlil ishlari olib borilmoqda. Aholidan kelib tushayotgan e’tirozlar doimiy nazoratga olinib, murojaatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. Tahlillar natijasiga ko‘ra, 2024–2025 yillar davomida nodavlat ta’lim xizmatlari bo‘yicha 1 200 ga yaqin murojaat…

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun…

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun monopoliyaga qarshi komplayens o‘qitish bo‘yicha ikki kunlik o‘quv kursi tashkil yetildi. O‘quv kursi doirasida ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, uning iqtisodiyotdagi ahamiyati hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. O‘quv mashg‘ulotlari Qo‘mita hamda sohadagi yetakchi…

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga reklama, ta’lim, savdo, sug‘urta va kommunal xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan tushgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga reklama, ta’lim, savdo, sug‘urta va kommunal xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan tushgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. Andijon viloyati Hududiy boshqarmaga Andijon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.A. maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi. O‘rganishlar natijasida fuqaro va uning ko‘chasidagi barcha xonadonlardan chiqindilar olib ketilishi ta’minlandi hamda “BIO TEX EKO”…

9,2 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelinmoqda. Xususan: ✔️ Namangan viloyati misolida – O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Namangan viloyati, Mingbuloq tumani bo‘limining 1 ta 376 mln so‘mlik; ✔️ Qashqadaryo viloyati misolida – G‘uzor tuman obodonlashtirish boshqarmasining 1…

H A M D A R D L I K

H A M D A R D L I K Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Xolmatov Azamatjon Abdupattoyevichning padari buzrukvori Xolmatov Abdufatto otaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.