Mebelsozlik korxonasi ko‘zdan kechirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi industrial hududda joylashgan “Eman materials” korxonasida bo‘ldi. Bugun dunyodagi iqtisodiy tebranishlar sharoitida, avvalo, ichki imkoniyatlardan foydalanish, eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan sohalarni himoyalash zarurati tug‘ilmoqda. Mamlakatimizda to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik ana shunday sohalar sirasiga kiradi. Ularda bir million nafarga yaqin aholi ishlamoqda. Jumladan, mebelsozlikka ixtisoslashgan 7 ming 500 ta korxona…