RAQOBAT QO‘MITASI KO‘RSATMALARI O‘Z KUCHIDA QOLDIRILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 15 avgust kuni o‘tkazilgan nazorat xaridi tadbiri davomida “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Xottabich” nomli muzqaymoq mahsulotlari sanitariya-epidemiologik talablarga nomuvofiq ekanligi aniqlandi. Mazkur holat SanPin (O‘zRSanQ №0366-19) va “Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha gigiyena qoidalari”ga zid ekanligi tasdiqlandi. Shuningdek, ushbu mahsulot sifatini baholash maqsadida “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN RЕKLAMA QONUNBUZILISHIGA YO‘L QO‘YGAN AXBOROT RЕSURSINING NOMI O‘ZGARTIRILISHI TA’MINLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Halol Bozor» nomi ostida ko‘chmas mulklar savdosini amalga oshiruvchi xizmatlar to‘g‘risida reklama axborotlari joylashtirilganligi aniqlandi. Dastlabki o‘rganishlarda xususiy uy-joy savdosi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi axborot resursi orqali ko‘chmas mulk olish niyatida bo‘lgan fuqarolarni chalg‘itish maqsadida o‘z axborot resursi nomlanishida asossiz ravishda “Halol Bozor» nomidan foydalanganligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston…