TADBIRKORLARGA TABIIY GAZ BO‘YICHA HISOBLANGAN ASOSSIZ 3,7 MLRD SO‘MGA YAQIN MABLAG‘LAR QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida tog‘-kon hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ va uning “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz ta’minoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan…

RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Joriy yil 6-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Energetika vazirligi hamda O‘zenergoinspeksiya bilan birgalikda suyultirilgan gaz savdolari bo‘yicha birja ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. Unda suyultirilgan gaz mahsulotining birja savdolariga qo‘yilishi hamda realizatsiyasi shuningdek, xaridorlarga yetkazib berish…

RAQOBATNI BUZADIGAN IMTIYOZLAR BEKOR QILINMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar sifatli tovar va xizmatlarni ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning birida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev batafsil to‘xtalib o‘tdi.

DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI TASHKIL ETISHDA OLDINDAN ROZILIK OLMAGAN TASHKILOTLARGA NISBATAN TEGISHLI TA’SIR CHORALARI KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, 4 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan Andijon viloyati Oltinko‘l tuman hokimligi; Toshkent…

2024-yil 5-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida AQShning Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) va Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 5-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida AQShning Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) va Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, tovar birjalari, raqobat siyosati va raqamli platformalarni tartibga solish borasida fikr almashildi. AQSh delegatsiyasidan Kevin Pikkoli (CFTC Xalqaro ishlar boshqarmasi…

“INVEST FINANS BANK” AJga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “INVEST FINANS BANK” AJning kredit xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi aniqlangan. Jumladan, “INVEST FINANS BANK” AJ tomonidan Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida joylashgan LED monitorli reklama obyektlarida e’lon qilingan “50 000 000 tanishlarsiz, 50 kun foizlarsiz, 5-yilga, ta’til uchun, ta’mirlash uchun, texnika uchun” mazmunidagi reklama axboroti berilganligi…

“Tovar-xom ashyo birjalari va ularning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish” mavzusidagi seminar

Kunning ikkinchi yarmida CFTCning Xalqaro munosabatlar bo‘limi katta maxsus maslahatchisi Nensi Doyl o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida fyuchers bozori va derivativ (hosilaviy moliyaviy vositalar) shartnomalardan biri bo‘lgan fyuchers shartnomalari haqida so‘z yuritdi, shuningdek, CFTCning tartibga solish sxemasini batafsil yoritib berdi. Ishtirokchilar shuningdek, birjalarda savdo jarayonlari va ularning ishtirokchilarini samarali nazorat qilish uchun…

“Tovar-xom ashyo birjalari va ularning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish” mavzusidagi seminar

Bugun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida AQShning Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) bilan hamkorlikda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Tovar-xom ashyo birjalari va ularning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish” mavzusidagi seminar boshlandi. Tadbirning birinchi yarmida CFTC Xalqaro munosabatlar bo‘limi direktori o‘rinbosari Kevin Pikkoli o‘z taqdimotida tovar-xom ashyo bozorini rivojlantirish, spot bozori…

RESPUBLIKA HUDUDLARI KESIMIDA SAVDO DO‘KONLARIDA SIFATSIZ MAHSULOTLAR SOTILAYOTGAN HOLATLAR YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatimiz aholisini asosiy turdagi iste’mol tovarlari sifati va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga asosan muntazam ravishda nazorat xaridi tadbirlarini tashkil etib bormoqda. Namangan viloyati misolida Hududiy boshqarma tomonidan Namangan shahridagi “Sardoba” bozorida nazorat xaridlari uchun paxta yog‘i va kolbasa mahsulotlari namunalar…

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha (EuroUz) assotsiatsiyasi va Raqobat qo‘mitasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Joriy yilning oktyabr oyida Germaniyaning Sparkassen Stiftung tashkiloti ko‘magida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi delegatsiyasi Bryussel (Belgiya) shahrida bo‘lib qaytdi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev Yevropa Komissiyasining asosiy monopoliyaga qarshi organi – raqobat bo‘yicha bosh direktoratiga tashrif buyurdi. Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqamli platforma larni nazorat qilish bo‘yicha bosh direktor…