RAQOBAT QO‘MITASI OGOHLANTIRADI

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va telegram messenjerida tashkil etilgan guruh va kanallar orqali ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, suvlarning tibbiyotda davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarni davolash va oldini olishda (profilaktikada) eng maqbul va samarali vosita ko‘rinishida targ‘ibot qilish kuchaymoqda. Bunda ushbu mahsulotlarning reklamasi “ming bir xastalikka davo” sifatida, “mo‘’jizakor” ta’siri haqida…

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Hay’ati raisi tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YEIKning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma chora-tadbirlar ijrosi yuzadan uchrashuv

2024-yil 21-noyabr kuni Samarqand shahrida Raqobat qo‘mitasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YEIKning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1-oktyabr kuni Yerevan shahrida (Armaniston) bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Hukumatlararo kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Bosh…

Joriy yilning 21-noyabr kuni Samarqand shahrida “Xalqaro turizm huquqi va turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muammolari” va “Elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: xalqaro tavsiyalar va mamlakatlar tajribasi” mavzularidagi yalpi Konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro konferensiyada Raqobat qo‘mitasining vakillari ishtirok etib, turizm xizmatlarini tashkil etishda amaldagi litsenziya va boshqa qonunchilik talablari hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan davlat nazorati yuzasidan ma’lumot berishdi. Xususan, bugungi kunda litsenziyasiz turizm xizmatlarini reklama qilayotgan tadbirkorlik subyektlariga hududlar kesimida ko‘rilgan ta’sir choralari va profilaktik tadbirlar haqida axborot berildi. Shu bilan birga,…