QO‘MITAGA GAZ TA’MINOTI YUZASIDAN QILINGAN MUROJAATLAR HUDUDLAR KESIMIDA

Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan gaz ta’minotiga oid (iste’molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning sifatsizligi, suyultirilgan gazni muddatida yetkazilmaslik, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun asossiz qarzdorlik hisoblash, tabiiy gaz hisoblagich uskunasini o‘rnatish va davlat qiyoslovidan o‘tkazish) 1500 ga yaqin e’tirozli murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, Qo‘mita ushbu yo‘nalishda respublikaning hududlar kesimida iste’molchilarning qonuniy huquq manfaatlarini himoya qilib kelmoqda. Jumladan, Jizzax viloyati…

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yandex EATS” MChJ XK “Express24 APP” MChJ aktivlarini sotib olish bitimi to‘g‘risida axborotlar tarqalgan bo‘lib, bu haqida Raqobat qo‘mitasidan rasmiy bayonot berilishi so‘ralgan.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 26-moddasiga asosan, iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda hamda shaxs yoki shaxslar guruhi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish yoxud mas’uliyati cheklangan jamiyatning yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan…

“YandexGo UB” MChJ,“Yandex Eats” MChJ XK hamda“Express24 APP” MChJlar ustun mavqega (monopol) ega raqamli platforma operatorlari sifatida e’tirof etildi

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan taksi agregatori xizmatlari bozorida “YandexGo UB” MChJ hamda tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “YANDEX EATS” MChJ XK, “EXPRESS24 APP” MChJ (Express24 xizmati)larni ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb e’tirof etildi. Asos: “YANDEX EATS” MChJ XK va “YANDEXGO UB” MChJlarning bu…

O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Filipp Yan bilan uchrashuv

Joriy yilning 25-oktabr kunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazi O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Filipp Yan bilan uchrashdilar. Ushbu uchrashuvda Qo‘mita raisi X.Turaxujayev, rais o‘rinbosari F.Karabayev, Markaz direktori O.Jumayev, direktor o‘rinbosari G‘.Xoljigitov, hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma tomonidan jamg‘armaning…

«INNOVATSIYALARNI RAG‘BATLANTIRISHDA RAQOBAT HUQUQI VA INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING ROLI» MAVZUSIDA O‘QUV SEMINARI

Qo‘mita rahbariyatining Germaniyaga qilgan tashrifining amaliy natijalaridan biri sifatida 2024-yil 23-oktyabr kuni Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan jahonning eng ilg‘or “g‘oya markazlaridan” biri hisoblanadigan Maks Plank nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining Innovatsiyalar va raqobat Instituti bosh tadqiqotchisi doktor Darya Kim ishtirokida Qo‘mita xodimlari uchun raqobat siyosati, intellektual mulk va raqamli platformalar hamda sun’iy intellekt masalalarni o‘z ichiga qamrab…

Raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-sonli markaziy konsultativ diagnostik poliklinikasi tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Qo‘mita xodimlari ambulator tibbiy kartalari asosida navbatdagi ko‘rikda terapevt, nevropatolog, oftalmolog, kardiolog, dermatovenerolog, otolaringolog, psixiatr, akusher-ginekolog va jarroh hamda  ultratovush diagnostikasi hamda elektrokardiogramma tekshiruvlaridan o‘tishdi. Ko‘rik shifokorlari tomonidan  qo‘mita xodimlariga…

AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI BILAN UCHRASHUVLAR

Joriy yilning 22-23-oktyabr kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Navoiy viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.  G‘azg‘on shahar, Nurota, Karmana va Navbahor tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal soha, suv ta’minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va imtiyozli kredit hamda boshqa masalalar yuzasidan yo‘llagan murojaatlari o‘rganildi. Mazkur suhbat…

“MIDASIATEX” MCHJga NISBATAN MANIPULYATSIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishining oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Qoraqalpog‘iston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Qo‘mita tegishli buyrug‘iga asosan “MIDASIATEX”…

Tasdiqlangan grafikka asosan hududlarda tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv seminari davom etmoqda.

Joriy yilning 22-23-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida “Tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mazkur malaka oshirish kursida, tovar homashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot, birja savdolaridagi yangi…

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilning 9 oyi davomida jami 39 302 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan

21 562 ta elektron 14 986 og‘zaki 2 757 ta yozma murojaatlarni tashkil etdi. Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik (raqobatni cheklovchi xarakatlar, monopolist korxonalar bilan bog‘liq), savdo, maishiy va qurilish xizmati ko‘rsatish, aloqa va transport xizmati, kommunal soha va boshqa masalalariga to‘g‘ri kelmoqda.…