BEMORLARGA METROLOGIK TEKSHIRUVDAN O‘TKAZILMAGAN TIBBIY SINASH VA O‘LCHASH VOSITALARI QO‘LLANILGAN HOLDA 200 MLN SO‘MDAN ORTIQ XIZMATLAR KO‘RSATILGAN
Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holati va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilishi holati tahlil qilindi. O‘rganish hududdagi 3 ta tibbiyot muassasasi – Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali, Respublika Ixtisoslashgan…