O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ishtirokchilariga

Qadrli mehmonlar! Aziz vatandoshlar! Xonimlar va janoblar! Avvalo, bugungi ulkan voqea – O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining tantanali ochilishi bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Buni barcha sohalar qatori madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi aloqalarimiz ham izchil rivojlanib…

Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq…

Eslatma

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi vaqtlarda energiya limiti va ularga to‘lanadigan narxlar yuzasidan tarqalayotgan materiallar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorida aholi uchun elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yor o‘lchov birligi belgilangan. Xususan, 2024-yilning 1-may…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi. Amerika idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga AQSH Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan madaniy almashinuv yanada kengayishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Ozarbayjon madaniyati kunlarini o‘tkazish doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi. Uchrashuv avvalida Adil Karimli davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan ustuvor hisoblangan gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish…

Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ushbu qutlug‘ ayyomni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish, muqaddas islom dinining insonparvarlik g‘oyalari hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida: 1. 2024-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga…