Hamkorlik to’g’risidagi memorandum

Raqobat qo’mitasi hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridan biri Kasbiy faoliyatning turli sohalarida ishlash uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashga yo’naltirilgan individual maxsus o’quv kurslarini, mehnat bozorida talab qilinadigan, extiyoji yuqori mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturlariga yangiliklar kiritishdan iborat. Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama…

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 7-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi. Peter Siyyarto davlatimiz rahbariga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda uchinchi Toshkent investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

7-may kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Davlatimiz rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov…

DAVLAT XARIDLARI DOIMIY NAZORATDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Davlat xaridlari sohasida muntazam nazorat o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, Qashqadaryo hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya qilinishi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida 312 ta lot jami 68,44 mlrd so‘mlik tanlov va tender savdolarida o‘rganish ishlari…

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish…

Temir yo‘l sohasidagi loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizning geografik joylashuvi, rivojlangan sanoati va iqtisodiyotida temir yo‘l transporti muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda O‘zbekiston temir yo‘llari katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga mos yaxlit temir yo‘l tizimi barpo etildi. Umuman, mustaqillik davrida 2 ming…

Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi. Ta’lim doim rivojlanib, yangilanib boradigan jarayon. Bu yo‘nalishdagi islohotlarni jadallashtirish maqsadida, davlatimiz rahbarining shu yil 2-fevraldagi qaroriga asosan, “Ta’lim sohasida loyihalar markazi” loyiha ofisi tuzilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu ofis tomonidan vazirliklar bilan birga o‘quv jarayonlarini yangi tamoyillar asosida tashkil…

NOSOZ TIBBIYOT USKUNASIGA TO‘LANGAN 100 MLN SO‘M TADBIRKORGA QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish yuzasidan ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2024-yilning birinchi choragida 11 mingdan ortiq murojaatlar Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda ham ushbu boradagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti hisoblangan “ISLAM…

SAVOL: Internetda xarid qilish: foydali yoki xavfli?

FUQARODAN SAVOL: Internetda xarid qilish: foydali yoki xavfli?  JAVOB Onlayn xaridlar do‘kon yoki bozorda xarid qilishdan ko‘ra ancha qulay, tezkor, oson “shopping” turi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2016 yil 2 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 185-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tartibga solinadigan elektron tijorat tez rivojlanib kelmoqda, ayniqsa…

Ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb belgilanib, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, har bir inson uchun teng sharoitlar yaratish kafolatlangan. Shu maqsadda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatini rag‘batlantirish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda faqat…