O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki davlat hududlari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdilar

27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, bu platforma olti yil avval ikki davlat rahbarlari tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, qo‘shma Hududlararo hamkorlik forumi shaklida faoliyat yuritgan. Hududlararo hamkorlikning jadal sur’ati, o‘zaro investitsiyalarning yuqori dinamikasi, qo‘shma…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari xalqlarimiz jasoratiga hurmat bajo keltirdilar

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Ko‘p millatli xalqlarimiz ko‘p asrlik umumiy tariximiz va uning yorqin sahifalari, jumladan, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabani alohida hurmat-e’tibor bilan yod etadilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Inson qadri uchun” tamoyili islohotlar dasturining mutlaq ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Xususan, o‘zbekistonliklarning urush…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar

Kuksaroy qarorgohidagi ikki tomonlama tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Faxriy mehmonlar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Bu yerda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya xalqlarining do‘stligi, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining ramzi sifatida birgalikda daraxt ekdilar. Xiyobonda boshqa hamkor davlatlar yetakchilari tomonidan ekilgan daraxtlar ham o‘smoqda.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining muzokaralari har doimgidek ochiq, konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Brifingda so‘zga chiqqan davlatimiz rahbari Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy tashriflaridan biri bo‘lgan ushbu tashrifini O‘zbekistonga va ko‘p millatli xalqimizga bo‘lgan alohida…

Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

O‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonot imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida muhim ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, bular: – O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi; – O‘zbekiston Respublikasiga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida…

Oʼzbekiston va Rossiya delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Muzokaralarda Oʼzbekiston bilan Rossiya oʼrtasidagi keng qamrovlik strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi yuksak darajasi va oʼziga xosligi,…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilish qat’iyligini tasdiqladilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Rossiya Prezidenti qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy tashriflaridan birini aynan  O‘zbekistonga amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va…

Rossiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

27-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar…

ISTE’MOLCHIGA “TRACKER-2” RUSUMLI AVTOMASHINA UCHUN TO‘LANGAN MABLAG‘ QAYTARIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish yuzasidan ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ham ushbu boradagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent viloyati Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.G. “UZAUTO MOTORS” AJ xizmatidan norozilik bildirib Raqobatni rivojlantirish va…