Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga
Qadrli farzandlarim! Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mehribon ustozlaringiz va ota-onalaringiz sizlarga oq yo‘l tilab turgan mana shu qutlug‘ kunda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, siz…