Ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb belgilanib, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, har bir inson uchun teng sharoitlar yaratish kafolatlangan. Shu maqsadda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatini rag‘batlantirish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda faqat…

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Surxondaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi

Denov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi I.Abrorov ham ishtirok etib fuqarolar va  tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ta’lim, kredit, kommunal sohasida va yer ajratish to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar. Xususan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi S.Saidov xususiy bog‘cha ochish, G.Chochiyeva kredit olish, D.Raxmatova oilaviy bog‘cha ochishda bino…

O‘zbekiston Prezidenti Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Yevropaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “Suez” kompaniyasi raisi va bosh direktori Sabrina Sussan, “Arsenale Group” kompaniyasi bosh direktori Paolo Barletta,  “Airbus”  korporatsiyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelise hamda “Linde” kompaniyasining Yevropa va Yaqin…

O‘zbekiston Prezidenti Misr ishbilarmonlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish hamda avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, shu jumladan tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. “CAMCE” korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizda faoliyat yuritishda katta tajriba to‘plagan kompaniya yirik loyihalarni moliyalashtirish, qurish…

O‘zbekiston Prezidenti AQSH kompaniyalarining mamlakatimizdagi biznesini kengaytirish rejalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi. O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarida yuqori darajaga erishilgani hamda palata mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirishga salmoqli…

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan: Tovar yoki moliya bozorida xo’jalik yurituvchi subyektlarning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqei yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi; Raqamli platforma operatorining ustun mavqei va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini…

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi doirasida ochiq muloqot va sheriklikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

3-may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raislik qilgan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti  Odil Reno-Basso, “Masdar”, “Indorama”, “ACWA Power”, “Air Products”, “Çalik”, “Suez”, “Orascom”, “Çengiz”, “Aksa”, “HP“, “Linde”, “Procter&Gamble”, “Visa”, “CAMCE”, “John Deere”, “Huawei”, “Airbus”, “Orano”, “Sommerzbank”, “Total”, “PASHA Holding”…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisidagi nutqi

Hurmatli kengash ishtirokchilari! Hurmatli Reno-Basso xonim! Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan qutlayman. Bugungi yig‘ilishimizda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo‘lgan yaqin hamkorlarimiz va yangi sheriklarimizni ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Kengash o‘tgan davrda o‘zining samarali faoliyatini yaqqol namoyon etdi. Sizlarning sidqidildan ko‘rsatayotgan ko‘magingiz va alohida e’tiboringiz natijasida…