O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar…

Prezident chorvachilik klasterini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zomin tumanidagi “Jizzax Organis” chorvachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Umumiy qiymati 200 million dollar bo‘lgan bu loyiha besh yil oldin ishga tushirilgan. Yirik majmuada ochiq va yopiq inshootlar barpo etilgan. Birinchi bosqichda Yevropa davlatlari va AQSHdan “Angus”, “Gereford” naslli 4 ming bosh qoramol, Avstraliyadan “Dorper” zotli 2 ming bosh naslli qo‘y keltirilgan.…

Lalmikor mahallasida bozorbop rezavorlar yetishtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida bo‘ldi. Bu yerda 3 ming 700 nafardan ortiq aholi yashaydi. Mahalla obod qilingan, yo‘l chetlari va bo‘sh maydonlarga “Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chatlar ekilgan. Mahalla dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 668 ta xonadonning barchasida tomorqa bor. Shuningdek, aholiga dehqonchilik qilish uchun 126 gektar yer ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi…

9-aprel Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun Amir Temur tavalludining 688 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Kuch adolatda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy  tadbir tashkil etish etildi. Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berib, A.Temur hayoti va…

Jizzax iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

9-aprel kuni Zarbdor tumanida Jizzax viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muloqot Ramazon hayiti arafasida o‘tayotganiga urg‘u berib, xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan tabrikladi. Barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. So‘nggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 2 ming 500 ta…

MUROJAATLAR FUQAROLAR FOYDASIGA HAL QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga ikki fuqarodan murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning birida Buxoro viloyatida yashovchi iste’molchi Asaxiy.uz do‘konidan muddatli to‘lov asosida 3 396 000 so‘mga uyali aloqa vositasi sotib olgan, ammo kafolat muddati davrida vosita nuqsonli chiqqan, iste’molchi savdo do‘koniga murojaat qilganida uyali aloqa vositasi almashtirib berilmagan, to‘lovlar…

Prezident jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida barpo etilgan Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-noyabrdagi qaroriga muvofiq, kibersport turlari ommalashtirilmoqda. Jumladan, Jizzax shahrida sobiq tennis korti binosi o‘rnida kibersport arenasi tashkil etildi. 1 ming 200 tomoshabinga mo‘ljallangan asosiy zal zamonaviy holatga keltirildi. Shuningdek, bu yerda 12 ta o‘quv va mashg‘ulot xonalari, majlislar zali, 35…

Yangi agrologistika markazining eksport rejalari ulkan

Prezident Shavkat Mirziyoyev “BMB Holding” kompaniyasining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi agrologistika majmuasini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi eksportining salohiyati yuqori. Bunda mahsulotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va sotishning barcha bosqichlarini qamrab olgan agrologistika markazlari juda muhim. “BMB Holding” kompaniyasining o‘tgan yil dekabrda ishga tushgan majmuasi ham shulardan biri. Bu loyihaning umumiy qiymati 57 million…

Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Xalqimiz uchun asrlar davomida ezgulik, mehr-oqibat, xayru saxovat, ma’naviy poklanish ayyomi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini bu yil yurtimiz mo‘min-musulmonlari o‘zgacha shukuh va hamjihatlik bilan o‘tkazdilar. Ayniqsa, rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, barcha hududlarimizda keng…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo…