Xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2024-yilgi xususiylashtirish dasturi va uning ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi. Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasiga yangi xususiylashtirish dasturini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan edi. Shunga asosan, davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari va ko‘chmas mulk obyektlari samaradorlik jihatidan tahlil qilinib, yangi dastur ishlab chiqildi.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash…

RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI OLIY SUDGA KASSATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIGACHA SOHADAGI ADOLATNI TIKLASHGA ERISHILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “FERRERO S.p.A” va “Soremartec S.A” kompaniyalari murojaat qilib,  ushbu kompaniyalarga tegishli tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “SLADUCE PRODUCE” MCHJ tomonidan bir necha nomdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilib,  realizatsiya qilinayotganligi va ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini so‘ragan.  Ushbu arizani Qo‘mita tomonidan har tomonlama…

SAVOL: Raqamli markirovkalash nimani anglatadi?

FUQARODAN SAVOL: Raqamli markirovkalash nimani anglatadi? JAVOB: Hozirgi vaqtda kontrafakt va qalbakilashtirilgan mahsulotlarning bozorga kirib kelishining oldini olish maqsadida ko‘plab mamlakatlarda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi faol joriy etilmoqda. Raqamli markirovkalash – bu tovar aylanmasini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Har bir mahsulot haqidagi ma’lumotlar elektron bazada saqlanadi, ushbu ma’lumotlarni iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar ham skaner…

ICHKI BOZORLARDA SHAKAR MAHSULOTI UZLUKSIZ YETKAZIB BERISH HOLATI VA NARXLARINING BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib borilmoqda. Ichki bozorda shakarga bo‘lgan ehtiyoj bir yilda o‘rtacha 600 – 650 ming tn.ni tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud. Xususan, bugungi kun holatiga mahalliy shakar zavodlarida 258 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda…