Sharof Rashidov tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tarmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Viloyatda ilgari hech bunday keng ko‘lamli qurilishlar bo‘lmagan edi. So‘nggi yillarda o‘nlab zavodlar ishga tushirildi, yangi sanoat tarmoqlari paydo bo‘ldi. Shunga yarasha ijtimoiy infratuzilma ham barpo etilmoqda. Sharof Rashidov tumanining bu hududi adir yonbag‘ri, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli…