Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com /groups /Potrebitel.Uz/posts /7976506305709974/ “KORZINKA GO” ilovasi faoliyatidan noroziligini bildirilgan fuqaroning posti qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar olib borilganda 2024-yil 13-mart kuni iste’molchi “KORZINKA GO” ilovasi orqali yetkazib berish uchun buyurtma bergani, buyurtma  narxi 130 390 so‘mni tashkil…

O‘zbekiston Prezidenti AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi. O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va o‘zaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan…

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi OʻRQ-908-son Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi OʻRQ-908-son Qonuni Hujjat bilan 5 ta qonunga qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti normalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Batafsil (https://raqobat.gov.uz/jahon-savdo-tashkilotiga-azo-bolishda-muhim-bir-qadam/)

Namangan xalqaro aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Farg‘ona vodiysidan mamlakatimiz vohalariga dovon orqali o‘tiladi. Poyezd qatnovlari hamma yo‘nalishlarda ham emas. Shu bois mazkur aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi. Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik…

Namangandagi bunyodkorlik loyihalari ko‘zdan kechirildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, bog‘ va muzey barpo etilgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda jadid bobomiz nomida chet tillari oliygohi tashkil qilish maqsadini aytgandi. Bu hayotga ko‘chib, 2022-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida shunday institut tashkil topdi. Institutda jahon tillari fakulteti, 6 ta kafedra va 16 ta…

Muammolar tahlil qilinib, imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Odamlarning mehnati va tadbirkorligi bilan Namanganda hayot o‘zgarayotgani qayd etildi. Oxirgi yetti yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, aholi jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetgan. 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ish o‘rni yaratilgan. Lekin hali…

HUDUDLARDA JAMOATCHILIK BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 26-mart kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Samarqand viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma rahbariyati M.Xamrayev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar…

Vengriyaning Budapesht shahrida “Sudlov va qo’shib yuborish va qo’shib olish ustidan nazorat” mavzusiga bag‘ishlangan raqobat organlari uchrashuvi

Vengriya Raqobat organining (GVH) taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov 2024 yil 25-27 mart kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan “Sudlov va qo’shib yuborish va qo’shib olish ustidan nazorat” mavsuziga bag‘ishlangan raqobat organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etmoqda. Mazkur uchrashuvda “OECD-GVH” Mintaqaviy raqobat markazining hozirgi faoliyati hamda…

Barcha mas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida Namangan shahrida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hamda iqtisodiy kompleks mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Sayxunobod tajribasi asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Vodiy viloyatlarida aholi zich yashaydi. Har qarich yer qadrli.  Mirishkorlar yerdan foydalanishning hadisini olgan. Hunarmandchilik, tadbirkorlik yaxshi…