Qishloq xo‘jaligida eksportni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-mart kuni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘tgan yili yurtimizda 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirilib, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buncha mahsulotda 5 milliard dollarlik eksport qilish mumkin edi. Lekin vazirlar va hokimlar…