“O‘zbekiston 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasidagi ishlarning borishi ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi. «O‘zbekiston 2030» strategiyasining borishi va uni joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosi ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish masalalari…