MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL QILINDI

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi A.Sh. “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Unga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompyuter xaridi uchun iste’mol kreditining foiz xarajatlari kompensatsiya qilib berilgan.  Mazkur imtiyoz bilan“NOUTBUK  NR 15” uchun Jizzax shahridagi  “Online” do‘kon “PS DRIVER” MChJ bilan shartnoma tuzib,  pulini to‘lagan. Afsuski, bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmaydi. Tadbirkor tomonidan noutbuk loyiha…

Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda.

Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham mutafakkir bobomizning bebaho ilmiy-ijodiy merosi, alohida o‘rniga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir tashkil etildi. Zero, alloma asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning cheksiz ifoda imkoniyatlari…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7845597442134195) Iltimos aytolmaysizmi? Bizda Tibbiyot tovarlari narxini nazorat qiladimi? (Kalimin 60N, 60 mg, tab. №100 dori vositasi ) mavzusida murojaat qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijtiomiy tarmoqlarda “Kalimin” dori vositasining narxi 182550 so‘mdan 680 ming so‘mgacha sotilayotganligidan norozilik bildirilgan murojaat ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida Kalimin 60 N…

TIBBIYOT MUASSASASI MUROJAATI ASOSIDA ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK BEKOR QILINISHI TA’MINLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga gaz, elektr energiyasi va boshqa kommunal sohalar   tizimidagi muammolar yuzasidan ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bunday murojaatlardan biri Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Bekobod shahrida faoliyat yuritayotgan “METALLURG” shahar shifoxonasi UKdan kelib tushgan. Unda, mazkur unitar korxonaga foydalanilgan gaz uchun 265 mln 831 ming…

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasida uchrashuv o‘tkazdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar. Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025-yillarda Sport sohasida…

Prezidentlar Texnopark faoliyati bilan tanishdi

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon e’tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365…

Davlat rahbarlari birgalikda daraxt ekdilar

“Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston-Belarus sammiti yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Faxriy mehmonlar xiyobonida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish ramzi sifatida daraxt ekdilar.

Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Tashrif arafasida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Bungacha yetakchi oliygohlar rektorlari va tibbiyot muassasalari rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston Prezidenti jurnalistlar e’tiborini keyingi…

Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan: – 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; – Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim; –…

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi. Belarus Prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukumatlararo…