O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch…

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey o‘yinini tomosha qildilar

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘z ham bir necha bor muz maydoniga…

XALQARO SEMINAR: “YANGI XODIMLAR UCHUN KIRISH SEMINARI”

Joriy yil 5-8-fevral kunlari Bilbao shahri (Ispaniya)da Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Vengriyadagi OECD-GVH Mintaqaviy raqobat markazi tomonidan Bilbao Deusto universiteti bilan hamkorlikda “Yangi xodimlar uchun kirish seminari” mavzusidagi seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Mintaqaviy raqobat…

Belarus Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, ularda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boshqa…

“UMRA” XIZMATLARINI KO‘RSATISHGA QARATILGAN NOQONUNIY REKLAMALAR TARQATGAN SUBYEKTLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, telegram kanallari va tashqi reklama vositalarida xususiy sayyohlik firmalari hamda turagentliklar tomonidan “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq joylashtirilayotgan reklama axborotlari keskin faollashgan, ayniqsa  internet va ijtimoiy tarmoqlarda bunday reklamalar ko‘plab uchramoqda. Turli shakllarda berilayotgan mazkur reklamalarda, avvalo ko‘rsatiladigan xizmatlar, uchish, ziyorat kunlari, narxi va taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hamda turoperatorlarning…