O‘zbekiston Prezidenti Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning 2023-yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Xavfsizlik kengashi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar rahbarlari, okruglar qo‘mondonlari, harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari – Qoraqalpog‘iston…