Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimiz prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun…

Bandlik va tadbirkorlik sohalaridagi takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar kuni aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, yurtimizda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qiladi. Bu yil yana 2 million 400 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi. Shularni inobatga olib, sifatli va yuqori daromadli ish o‘rinlari hisobiga joriy…

Prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga

Hurmatli prokuratura xodimlari! Muhtaram faxriylar! Avvalo, siz, aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Qonun hukmron bo‘lgan jamiyatda albatta adolat, siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va…

SAVOL: Oziq-ovqat mahsulotlari  qadog‘i va  tamg‘asida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak?

FUQARODAN SAVOL: –  Oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘i va tamg‘asida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak? JAVOB: Norbek Jumaniyozov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassisi. Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart. Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar,…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali https://t.me/Qoqonjonim_uzb/7558 “Qo‘qon shahar “Media Park” maishiy texnika sotish markazi mijozlarini kalaka qilmoqdami?” mavzuida iste’molchining posti qoldirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum  qiladi. Murojaat Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda 2023-yil 8-dekabr kuni soat 18:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan…