O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

Qadrli vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari! Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali o‘z hayotini qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlagan barcha zahmatkash insonlarni, butun xalqimizni qutlug‘ bayram – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu…