Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Rais maslahatchisi G.Qodirova “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyati haqida taqdimot qildi. Shuningdek, O‘zbekiston…

Dizayn maktabini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indenim Textile” klasterining Termiz shahridagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu korxona 2019-yil ishga tushirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 10 million dollardan ziyod. Germaniya, Yaponiya, Turkiya va Xitoy kabi davlatlardan keltirilgan ilg‘or texnologiya va uskunalar samarasida yiliga 800 turdagi 9 million dona kiyim-kechaklar ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Ularning bir qismi eksportga, asosiy…

Surxondaryodagi qo‘shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi

Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Hudud izchil rivojlanmoqda. Oldinda rejalar, imkoniyatlar ham ko‘p. Xususan, 3 milliard 300 million dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihasi shakllantirilgan. Bular hisobiga viloyat iqtisodiyotiga yiliga 6,5 trillion so‘m, budjetiga 1,6 trillion so‘m, eksportiga 100 million dollar qo‘shiladi,…

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar – Yangi O‘zbekiston mahsuli

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Termiz shahrida barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-apreldagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilmoqda. Bu ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun zamin bo‘lmoqda. Termiz shahrining Tinchlik mahallasi hududida ham shunday sharoit tashkil etildi. 2 gektar maydondagi…

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgani va yurtimizda uran sanoatiga asos solinganining 65 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bepoyon Qizilqum bag‘ridan qazib olinayotgan, dunyo miqyosida yuksak e’tirof etilayotgan oltin, tabiiy uran va boshqa nodir qazilma boyliklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda beqiyos strategik ahamiyatga ega ekani barchamizga yaxshi…

Gruziyada 16-18 noyabr kunlari raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Gruziyada 16-18 noyabr kunlari raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Halol raqobat tamoyili va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning hal qiluvchi omilidir. Tadbir kun tartibida raqobat siyosatidan tortib iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlargacha bo’lgan keng ko’lamli asosiy…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 17-noyabr kuni Raqobat qo‘mitasi xodimlariga quyidagi qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi: 2023-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–874-son Qonuni; 2023-yil 23-oktabrda qabul…