MOBIL ALOQA XIZMATLARI BOZORIDA O‘TKAZILGAN TAHLILLAR NATIJALARI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bozorlarida o‘tkazilgan tahlillar yuzasidan ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan  mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bozorlarida raqobat muhitini baholash, iste’molchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu xizmatlar bozoridagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida…

«Qo‘mita tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar» to’g’risida brifing

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining maslahatchisi Otabek Usmonov AOKA brifingi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan 2023 yilning 9 oyligi davomida…

Bugun Raqobat qo’mitasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida 2023-yil 19-oktabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida belgilangan topshiriqqa muvofiq Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Raqobat qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov yig‘ilishni kirish so’zi bilan ochib xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan Strategiyasi mazmun-mohiyati to’g’risida tushuntirishlar berdi. Hujjatda quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan: barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish; aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot…

E‘LON!

E‘LON! 2023-yil 31-oktabr kuni soat 12:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Raqobat qo‘mitasi tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar”. Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi. Brifing «O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi…

Fransiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron 1-2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi.…

Gidroenergetika sohasidagi loyihalar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Gidro elektr stansiyalar kunlik energiyani barqaror ta’minlashda eng samarali vosita. Ulardan olinadigan elektr tannarxi ham boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon. Shu bois bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, yurtimizdagi gidroenergetika…