SIFATSIZ MAHSULOT SOTILISHINING OLDI OLINDI

Guruchlar bugungi kunda qadoqlangan va vaznlab tortilgan holda sotiladi. Qadoqlangan guruch mahsulotlarida ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan guruchga tegishli maʼlumotlar beriladi. Savdo shoxobchalarining o‘zida qadoqlangan guruchlar o‘ramiga etiketka yopishtiriladi, unda uning nomi, ishlab chiqaruvchi korxonaning yoki ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, bir birligining bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi. Oziq-ovqat…

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta ko‘rib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi. Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi.…

Qarshi shahrida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi barpo etildi

Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani borib ko‘rdi. Joriy yil 8 sentyabrda davlatimiz rahbarining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va…

Prezident Qarshidagi mahallada mehmon bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi Oydin mahallasida bo‘lib, aholi turmushi, hududdagi obodlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 11 mingga yaqin aholi yashaydi. Hududda ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti, bitta umumta’lim maktabi mavjud. Joriy yilda yana uchta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Mahallada xizmat ko‘rsatish sohasi, tikuvchilik va hunarmandchilik…

Prezident Qarshi tumanidagi maktabda bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev safar dasturida nazarda tutilmagan manzillar bilan tanishishda davom etmoqda. Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktab ham rejalashtirilmagan holda borib ko‘rildi. Bu yerda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘qimoqda. Ularga yuzdan oshiq malakali pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktab o‘tgan yili kapital ta’mirlangan. O‘quvchilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni o‘rgatish…

Qarshi tumanida yangi shifoxona quriladi

Davlatimiz rahbari Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi. Uning binosi o‘tgan asrning 60-70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan. Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga zarurat bor. Prezidentimiz tibbiy bo‘limlar va…

Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish — islohotlarning asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakatimiz hududlariga tashriflardan asosiy maqsad — qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni…

Prezident Qashqadaryoda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo‘lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.