O‘zbekiston Prezidenti XVF rahbari bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi
18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. Global iqtisodiy vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. XVF bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan joriy yil iyun oyida Samarqand shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.…