Mahalla tizimini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-sentabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar aholi talabidan kelib chiqib, joylarda amalga oshirilmoqda. Buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat “beshlik tizimi” tashkil etildi. Lekin…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan parlamentlararo aloqalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Qirg‘iziston parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng…

O‘zbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘liq yo‘lga qo‘yish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ta’kidlash joizki, “BYD” kompaniyasi zamonaviy elektromobillar va yangi avlod akkumulator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global yetakchi hisoblanadi. Bir yilda 2 million dona mashina ishlab chiqaruvchi ushbu konsern dunyo avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilab bermoqda.…

Rasmiy munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali obunachi chet el fuqarosi ijaraga olgan yengil avtomobilini qaytargani, ammo depozit uchun qo‘ygan pul mablag‘ini oradan 2 oy vaqt o‘tishiga qaramay, asossiz ravishda qaytarilmaganligi yuzasidan post qoldirgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘rganish jarayonida Samarqand shahrida foydalanish uchun…

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung o‘rtasida navbtdagi uchrasuv bo‘lib o‘tdi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung o‘rtasida navbtdagi uchrasuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Germaniyadan tashrif buyurgan loyiha menejeri Inka Ryuk va moliyaviy xizmatlarda katta IT-maslahatchi Liya Graubergerlar bilan yaqindan tanishib mutasaddi tomonlar vakillari ikkitomonlama hamkorlikning hozirgacha bo‘lgan holati hamda istiqbolda amalga oshiriladigan rejalarini muhokama qilishdi

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL:

  – Do‘konda ba’zida ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati berilmagan oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotganiga duch kelamiz. Hatto bilmasdan uni sotib olib, almashtira olmagan vaqtlarimiz ham bo‘lgan. Bu holatda sotuvchilarga javobgarlik belgilanganmi? MUTAXASSIS JAVOBI: Jamol Qodirov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi. – Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish…

Rasmiy munosabat

“Adolat ko‘zgusi” gazetasining 35-sonida  “Erudit” yutuqni bermayapti…” sarlavhasi ostida Samarqand viloyati Oqtosh shahrida yashovchi R.H.ning murojaati berilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: Qo‘mitaning  Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi masalaga aniqlik kiritish maqsadida murojaatni o‘rganib chiqdi. Unda “Erudit” MChJ ijodiy markazining “Erudit” gazetasi pullik yutuqlar o‘yinini tashkil etgani…

FEYK XABARLAR VA DALILARNI TEKSHIRISH

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-trening mazkur mavzuga bag‘ishlandi. Axborot olish va tarqatishda manbalar bilan ishlashga qaratilgan trening Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari matbuotga mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi. Unda faoliyatiga aloqador axborotlarni OAV va Internet tarmog‘ida tezkor, xolis va to‘liq yetkazish ishlarni tashkil qilish, shuningdek, axborot makonini  tahlil qilish, tanqidiy…

Temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yetti yilda mamlakatimizda sanoat korxonalari ko‘payib, 110 mingtaga yetdi. 2 mingdan ziyod yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Eksport hajmi 1,6 barobar oshib, o‘tgan yili 19 milliard dollarga yetdi. Bularning natijasida mamlakatimizda yuk aylanmasi 30 foizga oshgan.…

Fuqaro murojaati asosida, xarid qilingan CHERRY avtomobili nuqsoni bartaraf etilishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga Jizzax shahrida yashovchi fuqaro B.Mamatqulov joriy yilning iyun oyida avtomobil sotish salonidan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan “ROODELL” MChJ va Qo‘mitaning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida, nuqsonli tovar sotilganda,…