O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, respublikamizdagi keng qamrovli islohotlar va demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni…