O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bundan tashqari, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi. 2023-2024 yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, energetika…

O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari dini bir, qadriyatlari, an’analari, tili va madaniyati o‘xshash bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar…

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar

«Zug‘ulba» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentiga tashrif bilan kelish taklifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Yetakchilar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, tashqi siyosiy…

O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

“Zug‘ulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi. Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Harbiy orkestr ijrosida…

O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifining birinchi kuni Boku shahridagi Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdi. Ozarbayjon poytaxtining qoq markazida joylashgan ushbu yodgorlik majmuasida mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt qahramonlari dafn etilgan. O‘zbekiston yetakchisi yodgorlikka gulchambar qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Prezidenti Haydar Aliyev xotirasiga hurmat ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi. Haydar Aliyevning mustaqil Ozarbayjonni barpo etish va mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlanish davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi aynan uning ismi bilan bog‘liq. Qardosh o‘zbek xalqi bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida…

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL:

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: – Energetik ichimliklarni reklama qilish mumkinmi? MUTAXASSIS JAVOBI: Sherzod MAXAMADALIYEV, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasida energetik ichimliklar reklamasiga bir qator talablar qo‘yilgan. Unga ko‘ra, energetik ichimliklarning reklamasida, har bir holda, bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni…

RAQOBAT SOHASIDAGI MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN

RAQOBAT SOHASIDAGI  MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN  Joriy yilning 16-21-avgust kunlarida Buxoro viloyatining Buxoro va Kogon shaharlari, Peshku, G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l, Olot, Jondor tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari  vakillari va aholi uchun o‘quv seminarlari tashkillashtirildi. Seminarda yangi tahrirdagi qonun bo‘yicha asosiy tushunchalar, monopoliyaga qarshi komplayens,  ustun mavqe,…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.