O‘zbekiston Prezidenti umra amallarini bajardi

Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi. 19-iyul – islom olamida boshlangan hijriy 1445-yil muharram oyining birinchi kunida davlatimiz rahbari ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Ka’batullohning ichida namoz o‘qish sharafiga muyassar bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti…

O‘zbekiston Prezidenti va Saudiya Arabistoni Valiahdi keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining birinchi sammiti doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi. Valiahd davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitidagi nutqi

Bismillahir rahmonir rahim! Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib janoblari! Barchangizni bugun “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Mo‘tabar bo‘lgan Makkaning ramziy darvozasi – go‘zal va betakror Jidda shahridagi tarixiy uchrashuvimizni anchadan beri kutayotgan edik. Ushbu nufuzli anjumanimizni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqani hamda tadbir yuksak saviyada tashkil…

O‘zbekiston Prezidenti Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,…