O‘zbekiston Prezidenti SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Hindiston tomonining raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya…

Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda:

– iste’molchilar huquqlarini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish; – raqobat muhitini rivojlantirish, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish; – tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash; – bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 850-SONLI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNIDA BELGILANAYOTGAN ASOSIY QOIDALAR:

“Raqamli platforma”, “davlat ishtirokidagi korxona”, “davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari” kabi tushunchalar kiritilmoqda: Amaldagi qonunda raqamli platformalar operatorlarining raqobatni cheklovchi va iste’molchilarning manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga ta’qiqlar va davlatning tadbirkorlik faoliyatidagi  ishtirokiga talablar belgilanmagan. Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar belgilanmoqda: – Insofli raqobat, – qonuniylik, – iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, – shaffoflik, tenglik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli rais! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida barcha ishtirokchilarni samimiy qutlashdan mamnunman. Hindiston Respublikasi Bosh vaziri janob Narendra Modiga bugungi uchrashuvimizni tashkil etgani uchun bildirilgan barcha minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Hindistonning SHHTga birinchi raisligi muvaffaqiyatli bo‘lganini qayd etamiz. Samarqand sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ko‘p qirrali hamkorligimiz jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tmoqchiman.…