O‘zbekiston Prezidenti Rimga uchib ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi

Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog’lash xalqimizning qanchalik bag’rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatida7-iyun kuni “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Qoʻmita markaziy apparati xodimlari koʻngilli tarzda ishtirok etdilar.

FUQAROGA 58 MLN SO‘M MABLAG‘ QAYTARILISHI TAʼMINLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro G.S.Aydarova Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llagan: Murojaatchi bilan “Otabek Shaxzodjon Kelajagi” MCHJ o‘rtasida 2022 yil 11 may kuni (kvartira qurib berish bo‘yicha) shartnoma tuzilgan. Fuqaro shartnoma shartlariga ko‘ra…

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz rahbari Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning…

XVF Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat…

Prezident Samarqanddagi zamonaviy massiv loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida «Shirin» massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan. So‘nggi yillarda Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlikka munosib tarzda ushbu hududda zamonaviy massiv qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 389 gektar yer ajratilgan. Loyihaga ko‘ra, massivda ko‘p qavatli uylar, maktab va bolalar bog‘chalari, poliklinikalar, sport maydonlari…

O‘zbekiston-Qatar munosabatlarida yangi sahifa ochgan muhim voqea

Qatar Amirining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Kecha davlat rahbarlari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Bugun samarali muzokaralar o‘tkazib, ularda ko‘p qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar, ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy xayrlashdilar.…

O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri birgalikda daraxt ekdilar

O‘zbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar. Bu O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlash yo‘lidagi qat’iy intilishi ramzidir.

O‘zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, quyidagilar qabul qilindi: – Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim; – Ikki tomonlama…

O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri ikki tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv avvalida Qatar Amiri davlatimiz rahbariga tashrif bilan kelish taklifi hamda…