O‘zbekiston Prezidenti Tehronga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bugun Eron poytaxtida davlatimiz rahbari Prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Davlatimiz rahbari Tehron shahrida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada…

TIZIM FAOLIYATI UCHUN MAS’ULLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Avval xabar berilganidek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Monopol korxonalarning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari…

ASOSSIZ QARZDORLIKNI QAYTARISH BO‘YICHA KO‘RSATMA BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga “Bekabod Rice Klaster” MChJ  tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda qayd etilishicha, Bekobod tuman Zafar elektr ta’minoti korxonasi bilan “Bekabod Rice Klaster” MChJ o‘rtasida 2021-yil 1-iyunda 22-0737-sonli elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi tuzilganligi va mazkur shartnomaning 1-ilovasiga asosan texnik shart bo‘yicha 482 kVtgacha ruxsat…

RASMIY MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda “Janr qoidasiga qo‘ra keyingi tenderni ACWA Power yutsa kerak” deb nomlangan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosidagi loyihasining konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar…

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan Click umummilliy to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 16-17-moddalariga asosan agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abay viloyati hududida ro‘y bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etdi. Tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini…

O‘zbekiston Prezidentining Italiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiya Respublikasiga tadbirlarga boy tarixiy tashrifi yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Rimda Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan ham uchrashuv bo‘lib…

O‘zbekiston Prezidenti “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida shu kunlarda Milan shahrida o‘tayotgan “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi xalqaro ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va ko‘rgazma tashkilotchisi – “Sematex” agentligi rahbari Ernesto Maurer hamrohlik qildi. “ITMA 2023” – har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan to‘qimachilik va tikuvchilik texnologiyalariga…

Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milan shahrida ushbu mamlakatning investorlari va yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Italiya tomonidan Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana, “Italiya – O‘zbekiston” savdo palatasi prezidenti Jorjo Veronezi, shuningdek, Eni, Enel, Pietro Fiorentini, Saipem, Energy System, Imagro Group, HT Holding, Danieli, SACE, Ferroli…