Qatar Amiri Samarqanddagi obidalar bilan tanishdi

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob…

Qatar Davlati Amiri Samarqandga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Samarqand aeroportida Qatar Amirini O‘zbekiston Prezidenti kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim…

Prezident Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Muloqotda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.