O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi. Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari do‘st Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.…