Rasmiy munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Nodirbek Ischanovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2023-yil 6-may kuni “Natural Effect” mahsulotining reklamasiga oid e’tirozi yuzasidan, quyidagilarni ma’lum qiladi. Xususan, ushbu reklamada “Natural Effect” mahsuloti taniqli shifokor tomonidan tavsiya qilinganligi haqida axborot berilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda bu borada salbiy fikrlar bildirilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining…