O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, idora va tashkilotlar boshqaruv xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tugadi.
Ushbu kursda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ham ishtirok etib, Yakuniy test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kursni yakunlagan tinglovchilarga Davlat boshqaruvi akademiyasi sertifikatlari topshirildi.