Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi. Ma’muriy islohotlar doirasida bu sohalarga mas’ul vazirlik tashkil etilib, barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratildi. Yurtimizda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari qiymati joriy etildi. Aholi bandligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlikka 15 trillion so‘m imtiyozli kredit va subsidiyalar, dehqonchilik uchun 200 ming gektar yer…