O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidenti bilan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvaga amaliy tashrif doirasida 9-may kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.