Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama sohasi bo‘yicha 2023-yilning o‘tgan davrida jami 356 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan
33,42 foizi (119 ta) kommunal soha,
42,98 foizi (153 ta) savdo va umumiy ovqatlanish,
8,43 foizi (30 ta) aloqa va ijtimoiy xizmatlari hamda
15,17 foizi (54 ta) reklama va boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
Mazkur murojaatlar tegishli tartibda atroflicha o‘rganib chiqilib, 76 foizi ijobiy hal etilib, 20 foiziga huquqiy maslahatlar berilgan va 4 foizi hozirgi kunda ish jarayonida.
Murojaatlarni o‘rganish natijasida iste’molchilar foydasiga jami 198 552 000 so‘m mablag‘ hal etib berildi.